Imo

Agro-Export

Temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish

ячмень

Arpa

Arpa – boshoqli o‘simlik bo‘lib, chorva uchun yem, oziq-ovqat va texnik maqsadlarda qo‘llaniladi. Donning 70% chorva mollari uchun konsentratsiyali yemni, 30% esa perlovka va arpa yormasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Alohida holda solod, kvas va kofe o‘rnini bosuvchi (surrogat) ishlab chiqariladigan pivo arpasi yetishtiriladi. Don tarkibida 76% uglevodlar, 16% oqsil, D, E, A va B guruhidagi vitaminlar mavjud.

Sibirda yetishtirilgan arpa

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari Oltoy o‘lkasi va Novosibirsk viloyatining hududida kuzgi va lalmi arpani yetishtirishadi. Uning yetishtirish joyi tasodifan tanlanmagan: G‘arbiy Sibir' janubi Rossiyaning boshqa hudadlariga nisbatan o‘zining yumshoqroq aralash iqlimi bilan mashhur. Iqlim sharoitlari hosil sifatiga putur yetkazmagan holda katta hamjdagi donni yetishtirishga imkon beradi. Dalalarga chorva yemi, oddiy va pivo uchun arpa ekiladi.

Donning sifati tashqi, tabiiy va kimyoviy belgilariga ko‘ra baholanadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • rangi;
  • hidi;
  • shakli;
  • begona qo‘shimchalarning nisbiy ulushi;
  • zararkunandalar bilan shikastlanishi;
  • tabiiyligi;
  • namligi.

   Chorva yemi uchun arpa quruq moddada protein, kletchatka va kul miqdori bo‘yicha tekshiriladi. Mahsulot partiyasi yuborilishdan oldin akkreditasiyadan o‘tgna laboratoriyada tekshiruvdan o‘tadi. Buyuurtmachilarga faqat xalqaro sifat standartiga muvofiq bo‘lgan don yuboriladi.

Savol bermoq
WhatsApp Telegramm Imo

Telegram ID:


@sibergrain

Savol bermoq