Imo

Agro-Export

Temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish

масло подсолнечное и рапсовое нерафинированное бутилированное

Idishlarga quyilgan tozalanmagan kungaboqar va raps yog‘i: 250 ml, 500 ml, 1 l, 5 l.

Kompaniyamiz idishlarga quyilgan tozalanmagan kungaboqar va raps yog‘ining ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan “Krasno-Altayskoe” savdo belgisining vakili bo‘lib hisoblanadi. Yog‘ sovuq siqish orqali ishlab chiqarilib, bu usulda u o‘zining eng qimmatli xususiyatlarini saqlab qoladi. Yuqori sifatini tasdiqlash uchun xom-ashyoning har bir partiyasi eruk kislotasining mavjudligi bo‘yicha tekshiriladi.

An'anaviy “Krasno-Altayskoe” kungaboqar yog‘i kungaboqarning yoqimli tabiiy hidiga ega bo‘lib, asosiy taomning ta'mini buzmaydi. Yog‘ni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan sovuq siqish texnologiyasi – undagi vitamin va mikroelementlarni saqlab qolish uchun eng qulay usul bo‘lib hisoblanadi. Ushbu yog‘ A, Ye, D va V guruhi vitaminlariga boy.

Xususiyatlari: “Krasno-Altayskoe” kungaboqar yog‘i tarkibida Omega-6 —71% gacha, Omega-9 —15% gacha mavjud. yog‘ A, Ye, D va V guruhi vitaminlariga boy. 100 g mahsulotning ozuqaviy qiymati: yog‘lar – 99,9 g. Energetik qiymati 100 g mahsulotda 899,57 kkal / 3750 kDj. GOST-1129–2013. Yaroqlilik muddati: 12 oy. Yorug‘likdan himoyalangan, quruq joyda +2 S dan +25 S gacha haroratda saqlansin. Idish ochilgandan so‘ng sovutgichda saqlash lozim. Tabiiy cho‘kindi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Sovuq siqish orqali olingan raps yog‘i – Sibir' va Oltoy o‘lkasining o‘ziga xos ajoyib mahsuloti. Mikroelementlar va vitaminlar miqdoriga ko‘ra zaytun yog‘idan ustun turadi. Shu bilan birga tayyor mahsulotning tannarxi “raqib” mahsulotning narxiga nisbatan ikki baravar arzon.

Salat va turli tayyor taomlarga qo‘shish uchun tavsiya qilinadi. Qaylalar uchun asos sifatida juda mos keladi.

Xususiyatlari: “Remeslennoe” raps yog‘i tarkibida Omega-6 —18% gacha, Omega-3 —12% gacha, Omega-9 —63% gacha mavjud. 100 gramm raps yog‘ida 18,9 mg vitamin E, va 2 mg fosfor bor. Oshxona raps yog‘ining tarkibida Rossiya GOSTi tomonidan yo‘l qo‘yilgan eruk kislotasining miqdori 5% gacha tashkil qilsa, “Remeslennoe” raps yog‘i tarkibida uning miqdori 0,1% dan kam. 100 g mahsulotning ozuqaviy qiymati: yog‘lar – 99,9 g.  Energetik qiymati 100 g mahsulotda 899,87 kkal /3760 kDj. Yaroqlilik muddati: 12 oy. Yorug‘likdan himoyalangan, quruq joyda +2 oC dan +25 oC gacha haroratda saqlansin. Idish ochilgandan so‘ng sovutgichda saqlash lozim. Tabiiy cho‘kindi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Barcha mahsulotlar sertifikatlangan

Mahsulotni avtosisternalar, yevro-kub va fleksitank (konteyner)larga quyilgan holda yetkazilishi mumkin.

Mahsulotning narxi va yetkazib berish shartlarini saytimizda buyurtma bergan holda yoki menedjerimizga murojaat qilish orqali bilib olishingiz mumkin: +79237312061 yoki Instagram.

Savol bermoq
WhatsApp Telegramm Imo

Telegram ID:


@sibergrain

Savol bermoq