Sisterna/fleksi-tank (20ft konteyner)larga quyilgan tozalanmagan zig‘ir yog‘i
Bizning kompaniyamiz tozalanmagan zig‘ir yog‘ini dunyoning istalgan mamlakatiga sotish imkoniyatiga ega. Qishloq xo‘jaligi korxonalari moyli zig‘irning unumli navlarini Oltoy o‘lkasi va Novosibirsk viloyati dalalarida yetishtirishadi. Sibirning ekologik toza mintaqasi yuqori sifatli barqaror hosilni yetishtirishga imkon beradi.
RF hududida yetishtirilgan zig‘ir urug‘laridan olingan yog‘ jahonning 39 davlatiga eksport qilinadi. Zig‘ir yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lib hisoblangan Sibir' federal okrugi zig‘ir yog‘ining katta hajmlarini Xitoy, Norvegiya va YeAES Bojxona ittifoqi davlatlariga sotish bilan shug‘ullanadi. Mahsulot yetkazib berilayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. Zig‘ir yog‘i moyli zig‘irning bir necha turlaridan olinadi. Urug‘lar ekstraksiya, sovuq va issiq siqish orqali qayta ishlanadi. Qayta ishlov berilgandan so‘ng tarkibida bqori miqdordagi to‘yinmagan yog‘ kislotalariga ega bo‘lgan moyli suyuqlik olinadi. U och-sariq rang, zig‘irga xos bo‘lgan hid, bir oz xira va kam miqdordagi cho‘kindiga ega bo‘ladi.
Mahsulotning biokmiyoviy tarkibiga kiruvchi linolen, linol va olein kislotalari zig‘ir yog‘ini kislorodd ishtirokida tezkor polimerizasiyalanishiga olib keladi. Ochiq havoda tez qurish va mustahkam shaffof pardani hosil qilish qobiliyati zig‘ir yog‘ining lok-bo‘yoq sanoatida yuqori talab qilingan mahsulotga aylantirdi.
Zig‘ir yog‘i tez quriydigan moddalar qatoriga kiradi va texnik maqsadlarda qo‘llaniladi. Uni quyidagimahsulotlar uchun xarid qilishadi:
- tabiiy olifa moyi;
- lok;
- suyuq sikkativlar;
- tabiiy linoleum;
- moyli bo‘yoqlar.
Shuningdek ushbu mahsulot tibbiy sohada, oziq-ovqat va kosmetika sanoatida ham faol qo‘llaniladi.
Bizda tozalanmagan zig‘ir yog‘ini eksport uchun yetkazib berishni buyurtma qilish mumkin. Biz o‘simlik yog‘larini sisternalar va fleksitanka (20-ft konteyner) quyilgan holda sotamiz. Buyurtma shartlarini menedjerimiz bog‘lanib tanishib chiqishingiz mumkin.