Imo

Agro-Export

Temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish

 Жмых подсолнечный, рапсовый, льняной

   Kungaboqar kunjarasi kungaboqar urug‘larini siqib yog‘ olinishi natijasida hosil bo‘ladi. Hayvonlar uchun aralash yem tayyorlashda juda muhim qo‘shimcha bo‘lib hisoblanadi. Kungaboqar kunjarasi yetarlicha kaloriyali ozuqa bo‘lib, uning tarkibida 30-40% gacha protein mavjud. Shuningdek uning tarkibida miqdori 11% oshmasligi lozim bo‘lgan suv, kletchatka – 5%, yog‘ – 9,4% gacha mavjud. Kungaboqar kunjarasi qishloq xo‘jaligi hayvonlarining rasionida ozuqaviy qo‘shimcha sifatida qo‘llanilganda yosh hayvonlarning o‘sishi tezlashadi. Ularda moddalar almashinuvi yaxshilanadi, uy parrandalarining tuxum berish qobiliyati ortadi, shuningdek hayvonlarning immuniteti mustahkamlanadi. Kungaboqar kunjarasi yirik shoxli qoramol, o‘rdaklar, quyon, cho‘chqa, tovuq, g‘oz va kurkalarning ozuqasida qo‘llaniladi. Shuningdek, yuqoridagi hayvon va parrandalardan tashqari, kungaboqar kunjarasi baliqchilik sohasida ham ozuqa sifatida mashhur.

   Raps shroti va kunjarasi uning urug‘larini yog‘ uchun qayta ishlanish chiqindisi bo‘lib hisoblanadi. Raps yog‘ini olishning ikki xil usuli mavjud: sovuq siqish texnologiyasi va issiq presslash usuli. Ikkinchi usuldi ko‘proq miqdorda yog‘ olinsada, biroq uning sifati qisman yo‘qotiladi. Raps kunjarasi va shroti o‘zining aminokislotali tarkibi bo‘yicha euda yaxshi muvozanatlashgan va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha soya va kungaboqardan qolishmaydi. Raps shrotidagi mineral moddalar miqdori soyadagiga nisbatan ko‘proq, hazm bo‘lish ko‘rsatkichi esa kungaboqar shrotiga nisbatan ancha yuqori. Shuning uchun chorva va parrandani oziqlantirishda, shuningdek to‘liq rasionli aralash yemlarni tayyorlashda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin.

   Zig‘ir kunjarasining ozuqaviy moddalari hayvonlar tomonidan yengil hazm bo‘ladi, sigirlarning sut berish ko‘rsatkichi va sutdagi yog‘ miqdorini oshiradi. Zig‘ir shroti barcha hayvonlarning yem aralashmalariga qo‘shiladi: cho‘chqalarga 5-10%, barcha yoshdagi yirik shoxli qoramolga 15-20%, katta parrandaga 10-12% (bunda, broylerlarning ozuqasiga zig‘ir va uning qayta ishlash mahsulotlarini qo‘shish tavsiya qilinmaydi), yosh parrandaga 6-8%. Almashinish energiyasi miqdori bo‘yicha zig‘ir urug‘lari dukkakli, boshoqli va moyli donlardan ustun turadi. Yuqori energetik ozuqaviy ko‘rsatkichi va katta miqdordagi foydali organik elementlari tufayli zig‘ir ajoyib biologik qimmatga ega. Zig‘ir urug‘lari tarkibida antikoagulyantlar, lipoksidaza, ureaza va proteolitik ferment ingibitorlari bo‘lmaydi. O‘rni bosilmaydigan aminokislotalar miqdori bo‘yicha u tovuq tuxumi oqsiliga yaqin. Uning tarkibidagi lizin miqdori soyadagiga qaraganda kamroq. Shuning uchun zig‘ir oqsili eng yaxshi o‘simlik proteinlari qatoriga kiradi va oziq-ovqat, hayvonlarning yemi sifatida keng qo‘llaniladi.

 

 

Savol bermoq
WhatsApp Telegramm Imo

Telegram ID:


@sibergrain

Savol bermoq