Imo

Agro-Export

Temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish

пшеница

Bug‘doy 

   Bug‘doy – barcha qit'alarda mashhur bo‘lgan Rossiyaning asosiy boshoqli madaniy o‘simligi hisoblanadi. Dunyoda u huddi guruch va makkajo‘xori kabi ma'lum va mashhur. Bug‘doy doni oziq-ovqat sanoati, parrandachilik va chorvachilikda foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasida barcha dalalarning qariyb 60% da yumshoq, qattiq va yem-xashak bug‘doyi ekiladi. Asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari un sanoatida ishlatiladigan 3-4 toifali bug‘doy hosilini yig‘ishtirib olishadi. 5 toifali bug‘doy chorva mollarini oziqlantirish, shuningdek konsentratsiyali yemlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.

   Bizning kompaniyamiz bug‘doyni ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qiladi. Buyurtmachilarimiz dalalardan elevatorga, undan esa import qiluvchi mamlakatga yuboriladigan bug‘doyni olishadi. Biz Rossiyaning og‘ir iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan boshqa hududlariga nisbatan yumshoq iqlimli G‘arbiy Sibirning janubida joylashganmiz. Bizning agrar ishlab chiqaruvchilarimiz Oltoy o‘lkasi va Novosibirsk viloyatida bug‘doyni yetishtirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega.

   Mo‘l-ko‘l hosil siri – bu bug‘doyning istiqbolli kuzgi va lalmi navlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi sibirlik olimlarning xizmatidir. Ular turli tabiiy-iqlim sharoitlaridi yuqori sifatli don beruvchi bug‘doyning yuqori hosilli oziq-ovaqat va yem-xashak navlarini yaratishdi. Oltoy o‘lkasi joylashgan G‘arbiy Sibir' janubi planetamizdagi eng ekologik toza muhitli hududi hisoblanadi. Turli tuproq va iqlim hududlariga ega bo‘lgan ushbu o‘lkada yuqori sifat va a'lo qandolatchilik xususiyatlariga ega bo‘lgan bug‘doyning kuchli va yuqori hosilli navlarini yetishtirish imkoniyati mavjud.

Savol bermoq
WhatsApp Telegramm Imo

Telegram ID:


@sibergrain

Savol bermoq