Sisterna/fleksi-tank (20ft konteyner)larga quyilgan tozalanmagan raps yog‘i
Bizning kompaniyamiz tozalanmagan raps yog‘ini yirik va mayda partiyalar bilan eksport qiladi. Raps yog‘i Oltoy o‘lkasi va Novosibirsk viloyatida yetishtirilgan raps urug‘larini siqish va ekstraksiyalash usuli yordamida tayyorlanadi. Bizning importyorlarimiz Sibirni abadiy muzlik mintaqasi sifatida tasavvur qilishadi, ammo bu haqiqatdan yiroq. Ushbu turli iqlimli o‘lka nafaqat Rossiyada, balki yer kurrasida ham eng sof ekologiyali joylardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Raps yog‘ini Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlaridan buyurtma qilishadi. U sanoat va qandolatchilikda qo‘llaniladi. O‘zining sifatiga ko‘ra zaytun yog‘ini eslatsada, biroq narxi bo‘yicha ancha arzon. Tozalanmagan raps yog‘i ko‘proq ishlab chiqarishda katta ehtiyojga ega. U dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida texnik maqsadlarda qo‘llaniladi.
Siberian Grain kompaniyasi tozalanmagan raps yog‘ini turli korxonalarda foydalanish uchun sotadi. U o‘ziga xos hidga, bir oz xira rang va cho‘kindiga ega bo‘ladi. Uni sanoat qayta ishlashi uchun mo‘ljallangan rapsdan tayyorlashadi. Siqish uchun zararkunandalar bilan shikastlanmagan va begona hidga ega bo‘lmagan to‘liq sog‘lom urug‘lar ishlatiladi. Ularning namligi 7% dan oshmaydi, begona qo‘shimchalar 2% gacha, moyli qo‘shimchalar esa - 6% gacha tashkil etadi.
Raps yog‘ining ko‘rsatkichlari:
- Kislota soni—6 mg KON/g gacha;
- Moyli bo‘lmagan qo‘shimchalar —0,2 % gacha;
- fosfor —800 mg/kg gacha;
- namlik — 0,3 %.
Biz tozalanmagan raps yog‘ini temir yo‘l sisternalariga quygan holda va fleksitankalarga (20-ft konteyner) yuklaymiz. Mahsulot uchun fitosanitar sertifikatlar va yog‘ning sifat standartlariga muvofiqligi tasdiqlovchi sertifikatlarga ega. Bojxona Ittifoqi, YeAES va Yevropa Ittifoqi davlatlariga yetkazib berish imkoni mavjud.