Imo

Agro-Export

Temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish

соя

Soya 

   Soya o‘simligi tarkibida yuqori miqdordagi oqsil va qimmatli mikroelementlar mavjudligi uchun qadrlanadi. U go‘shtli va sutli mahsulotlarning o‘rnini bosuvchi sifatida foydalaniladi. Butun dunyoda unga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Soyadan turli oziq-ovqat mahsulotlari, aralash yem va o‘g‘itlar tayyorlanadi. Rossiya Federatsiyasida yetishtirilgan soya doniga Xitoy, Turkiya, Daniya, Niderlandiya, Pol'sha, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan buyurtmalar berilmoqda.

   Bizning kompaniyamiz G‘arbiy Sibirning ekologik toza hududida yetishtirilgan va tarkibida GMO bo‘lmagan yuqori sifatli soya donlarini sotadi. Ekinlarning asosiy ulushi Oltoy o‘lkasi va Novosibirsk viloyatiga to‘g‘ri keladi.

   Bizning buyurtmachilarimiz – turli mamlakatlardagi qayta ishloavchi korxonalardir. Ular soyani quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun buyurtma qilishadi:

  • soya yog‘i;
  • kunjara;
  • to‘liq yog‘li maydalangan (ekstrudlangan) soya;
  • qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun yuqori ozuqaviy maydalangan aralash yemlar va konsentratlar.

   Foydali oziq-ovqat mahsulotlari va yirik shoxli mollarni yetishtirish uchun yuqori protenli yemni faqat a'lo sifatli soyadan ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Hududimizning qishloq xo‘jaligi korxonalari soyaning sifatini oshirish uchun tuproqni mineral o‘g‘itlar bilan boyitishadi va turli agrotexnika usullaridan foydalanishadi. Bizning mahsulotimiz tarkibidagi oqsil miqdori, o‘zining namligi va nisbiy ulushi bo‘yicha xalqaro sifat standartlariga javob beradi. Mahsulot sifati tegishli akrreditasiyadan o‘tgan laboratoriyalardan olingan sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

   Bizga Osiyo va YeAES mamlakatlaridan soyani ulgurji partiyalarda yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalar berishadi. Yuklar barcha tegishli hujjatlar bilan istalgan qulay transport – avtomobil', temir yo‘l dengiz transporti orqali yetkazib beriladi. Ulgurji partiyaga buyurtma berish uchun bizning menedjerimizga murojaat qiling.

Savol bermoq
WhatsApp Telegramm Imo

Telegram ID:


@sibergrain

Savol bermoq